Prezident propiska masalasida Hukumat va parlamentga aprelgacha muhlat berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda propiska tizimi xalqaro tajribalar o‘rganib chiqilib shu asosida isloh qilinadi. 2020 yil 1 aprelgacha parlament va Hukumat bu bo‘yicha aniq takliflar berishi kerak. O‘zbekiston Prezidenti Oliy Majlisga murojaatida shu masalaga alohida to‘xtalib o‘tdi.

"Bu masalaning qanday qiyinligini hammamiz bilamiz. Bu masalani hal qilmay 20-30 yil biz fuqarolarimizni oyog‘iga kishan qilganmiz. Agar ular O‘zbekisonning istalgan yerida propiskaga turish va ishlash imkoniyatini qonuniy yaratmas ekanmiz, gap bilan bu ishlar amalga oshirilmaydi", dedi Prezident.

Davlat rahbari so‘zida davom etib, barcha tadbir ishtirokchilari ham o‘z vaqtida uy olish va propiska kabi muammolarga duch kelganini aytib o‘tdi.

“Mana hozir 50-60 ga kirgan o‘rta yoshdagilar, oqsoqollarimiz xayotlarida guvoh bo‘lishgan. Toshkentga kelib ishlayman deganlarga uy ham, propiska ham yo‘q edi. Xalqimiz ana shu orzu-istaklarini ijobatini ko‘rsa bizdan rozi bo‘ladi”, dedi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing