Prezident Murodjon Ahmadaliyevga 3 xonali kvartira va Tracker avtomobilini sovg‘a qildi

Sport

image

Avvalroq, o‘zbekistonlik bokschi Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali kutib olingani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 3 fevral kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Murodjon Ahmadaliyevni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, boks federatsiyasi raisi Ochilboy Ramatov, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov ishtirok etdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbek boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo‘nalishlarida g‘alaba qozonib, rekord natijani qayd etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Murodjon Ahmadaliyev “O‘zbekiston iftixori“ faxriy unvoni topshirildi, deb yozmoqda O‘zA. 

Shuningdek, Ahmadaliyevga Prezident nomidan Toshkent shahrida joylashgan uch xonali kvartira kaliti va Chevrolet Tracker avtomobili topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

259

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing