Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga agentlik Matbuot kotibi ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoni bilan Otabek Abdirashidovich Hasanov Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Otabek Hasanov 1985 yilda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tavallud topgan. 

2006 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavr bosqichini, 2008 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat  boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Siyosiy fanlar bo‘yicha PhD doktori.

Otabek Hasanov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Prezidentning tegishli farmoni bilan Amirtemurxon Fatixovich Musayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Amirtemurxon Musayev 1967 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.

1992 yilda Toshkent texnika universitetini tamomlagan. 2015 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Amirtemurxon Musayev shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

agentlik

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing