Prezident “Tashkent city”da qurilayotgan mehmonxona va kongress-xoll bilan tanishdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 avgust kuni poytaxt Toshkentda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Davlat rahbari “Tashkent city” Xalqaro ishbilarmonlik markaziga yana bir bor kelib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona, hududdagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Kongress-xoll binosi ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning markazida katta va kichik zallarga transformatsiya bo‘ladigan 4 ming o‘rinli xoll mavjud. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida 8 ta delegatsiyani qabul qilish imkoniyatiga ega qo‘shimcha zallar ham bor.

21 qavatli besh yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. "Hilton" brendi ostida faoliyat yuritadigan bu mehmonxonada 258 ta xona bo‘ladi. Bundan tashqari, 3 ta restoran, banketlar zali hamda 6 ta majlislar zali mavjud.  

Bugungi kunda kongress-xoll va mehmonxona qad ko‘tarib bo‘lgan. Ichki pardozlash, elektr tarmoqlari tortish, dekorativ panellarni montaj qilish ishlari yakunlanmoqda. Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bog‘da manzarali daraxtlar ekilgan, musiqali favvora barpo etilgan. Prezident majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini yuqori baholab, bu ob’ektlar ishga tushganda xizmat turlarini ko‘paytirishga e’tibor qaratish, xalqimizning bu yerga kelib mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tashkent city

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing