Portugaliya va Niderlandiya musobaqani tark etib, ko‘plab antirekordlarni yangiladi

Sport 3857
image
-

Kecha Yevro-2020 nimchorak finalidan o‘rin olgan 2 uchrashuv o‘tkazildi. Belgiya Portugaliyani musobaqadan chiqarib yuborgan bo‘lsa, Niderlandiya kutilmaganda Chexiyaga mag‘lub bo‘lgan holda musobaqani tark etdi. 

Ushbu o‘yinlardan so‘ng bir qancha natijalar, rekordlar va antirekordlar o‘rnatildi. Bular quyidagilardir:

— Niderlandiyaning Yevrolardagi qizil kartochkalari soni to‘rttaga yetdi. Bu — antirekord. Qizig‘i, chetlatishlarning barchasi Chexiya bilan o‘yinlarda sodir bo‘lgan;

— Portugaliya 1984 yildan so‘ng ilk bor Yevropa chempionatida chorakfinalga chiqa olmadi;

— 38 yoshli Pepe Yevropa chempionatlari pley-offida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng keksa futbolchiga aylandi;

— Matteys de Lixt Niderlandiya safida 3 0ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi (21 yosh 319 kun);

— Niderlandiya 2004 yildan beri Yevropa Chempionatlari nimchorak finalida g‘alaba qozona olmayapti;

— Ronaldu Yevrolarda 28 bor jarima zarbasini amalga oshirgan, ammo birorta gol ura olmagan;

— Portugaliya qatorasiga 2-bor yirik turnirlardan nimchorak finaldayoq chiqib ketdi. O‘tgan gal Portugaliyani JCH-2018 nimchorak finalida Urugvay musobaqadan chiqarib yuborgan edi;

— Niderlandiya JCH hamda Yevropa chempionatlaridagi so‘nggi 89 o‘yinida ilk bor darvozaga birorta aniq zarba bera olmadi, bu antirekord;

— Portugaliya Yevro-1984 dan beri ilk bor Yevropa chempionati chorak finaliga chiqa olmadi. Bunga qadar ular 7 ta musobaqaning barchasida chorak finalga chiqa olgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Yevro-2020 nimchorak finalidan o‘rin olgan yana ikki bahs o‘tkaziladi. Ispaniya Xorvatiya mehmoni bo‘lsa, Fransiya Shveysariyani qabul qiladi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 139
Reyting: 2.9
t
×