Polshada Rossiya va Belarus fuqarolari “shpion”likda ayblanib, hibsga olindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Polsha maxsus xizmatlari Belostokda Rossiya va Belarus fuqarolarini josuslikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda Polsha televideniyesi xabar berdi. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ikki erkak Polshada anchadan beri yashab kelgan. Aytilishicha, ular harbiy qismlar va ularning joylashuvi, uskunalari, shaxsiy tarkibi, shuningdek, ittifoqchi bo‘linmalar haqida ma’lumot to‘plashgan. 

“Polshaga qarshi Rossiya razvedkasi manfaatlarini ko‘zlab ish tutgan rossiyalik va belaruslik Polsha qurolli kuchlari faoliyatini o‘rgangan”, degan Polsha maxsus xizmatlari ishini muvofiqlashtiruvchi vazirning Matbuot kotibi Stanislav Jarin. 

Qayd etilishicha, prokuratura hibsga olinganlarni josuslikda ayblagan. Ularni 10 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing