Pokistonda halokatga uchragan samolyotning hech bir yo‘lovchisi omon qolmadi
Olam
−
22 may 2020
7621Avvalroq, “Pokiston havo yo‘llari”ga qarashli yo‘lovchi samolyoti Karachi shahrida halokatga uchragani, uning bortida 100 kishi borligi aytilayotgani haqida xabar bergan edik.
Karachi shahri meri Vosim Axtarning ma’lum qilishicha, samolyot bortida 107 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.
Axtarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qulaganidan so‘ng, yo‘lovchilardan hech kim tirik qolmagan.
Ayni paytda halokat sabablari o‘rganilmoqda. Samolyot halokati oqibatida aholi turar-joylari va ma’muriy binolarga zarar yetgan. Tinch aholi vakillari orasida qurbonlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumotlar berilmagan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023