Libra o‘zini oqlaydimi?

Texnologiya

image

AQSHning elektron to‘lov tizimi operatori bo‘lgan PayPal kompaniyasi Facebook tomonidan amalga oshirilayotgan Libra kriptovalyuta loyihasida ishtirok etishini inkor etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Kompaniya rahbariyati mavjud biznesni rivojlantirishga e’tiborini qaratib, loyihani qo‘llab-quvvatlaydi hamda Libra loyihasidan chiqishga qaror qildi.

Shu bilan birga, PayPal kelajakda Facebook bilan hamkorlik qilish niyatida ekaniga e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Facebook`ning Libra loyihasi rahbari, ilgari PayPal Prezidenti bo‘lgan Devid Markus to‘lov tizimi operatori bo‘lgan kompaniyaning tajribasini Libra rivojlanishida juda foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

The Wall Street Journal AQSHning VISA va Master Card korporatsiyalari va boshqa bir qator kompaniyalar Libra versiyasini chiqarishda Facebook bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish niyatida ekanini xabar qildi.

Nashrning ta’kidlashicha, buning sababi Amerika va Yevropa rasmiylari tomonidan kriptovalyutaning tanqid qilinganidir.

Shu yilning iyun oyida Facebook kelgusi yil o‘z kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi. 

Kompaniya vakillarining fikriga ko‘ra, raqamli pul o‘tkazmasini amalga oshirish telefonga matnli xabar yuborish kabi oson bo‘ladi.

Yangi valyutaning ishlashi blokchayn texnologiyasiga markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasiga, saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bazaga asoslangan bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Facebook PayPal Libra

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing