Oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng foydalisi ma’lum bo‘ldi 

Foydali

image

Oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng foydalisi yong‘oqdir. Bu haqda shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov ma’lum qilgan.

"Yong‘oqlarda hamma narsa bor. Yong‘oq har jihatdan eng foydali mahsulotdir", degan u "Rossiya 1" telekanali efirida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘oqlarda juda ko‘p foydali mikroelementlar mavjud, masalan, sink, selen, xrom. 

Shu bilan birga, Myasnikov har kuni oz-ozdan yong‘oq yeyish kerakligini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, mevasining mag‘zi juda mazali va to‘yimli bo‘lgan yong‘oq tarkibida 60-70 foiz moy, 11-20 foiz oqsil, 20 foizgacha uglevodlar va vitaminlar bor.


Maqola muallifi

Teglar

yong'oq

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar