“Oltin to‘p” uchun taxminiy nomzodlar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu beshtalikda ham yo‘q

Sport 28657
image

Angliyaning mashhur “Goal.com” internet portali o‘z talqiniga ko‘ra, “Oltin to‘p” uchun kurashda TOP-10 asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi. E’tiborlisi, 5 karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu reytingda o‘ninchi o‘rinda qayd etilgan.

 Ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Ngolo Kante (“Chelsi”, Fransiya) — YeCHL chempioni, Premer-Ligada 4-o‘rin, Chempionlar Ligasida “Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi”.

2. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya) — Fransiya chempionati kumush medali sohibi, Liga-1 da mavsum to‘purari.

3. Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha) — Bundesliga chempioni, Germaniyada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” hamda 41 ta gol bilan Germaniya va Yevropada “Mavsum to‘purari”.

4. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi.

5. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina) — Ispaniya chempionatida “Mavsum to‘purari”.

6. Ruben Diash (“Manchester Siti”, Portugaliya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi. Premer-Ligada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”, PFA hamda Angliya jurnalistlari talqiniga ko‘ra, Angliyada “Yil futbolchisi”.

7. Romelu Lukaku (“Inter”, Belgiya) — Italiya A Seriyasi chempioni.

8. Karim Benzema (“Real Madrid”, Fransiya) — Ispaniya La Ligasi kumush medali sohibi, La Ligada “Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi”.

9. Fil Foden (“Manchester Siti”, Angliya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi. Premer-Ligada “Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi”.

10. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya) — A Seriyada to‘rtinchi o‘rin hamda “Mavsum to‘purari”. Ketma-ket ikkinchi mavsum Italiyada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”.

Ma’lumot uchun, ushbu ro‘yxatdagi futbolchilarining barchasi (Messidan tashqari) o‘z terma jamoasida Yevro-2020 da o‘ynaydi. Messi esa “Kopa Amerika” turnirida qatnashadi. Shu sababli, bu reyting turnirlar yakunlangach, qayta yangilanadi.

Sovrin 2021 yilning sentyabr oyida o‘z egasiga topshiriladi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 957
Reyting: 3
t
×