“Yevropada bu bizning suv ekanligini faxr bilan ayta olaman” Mahmud Murodov nega “Turkestan Su”ni tanladi?

Biznes

O‘tmishda qirollar va zodagon oilalar tilla idishlarda taomlanganidan xabaringiz bo‘lsa kerak?! Ovqatlanishda oltin va kumush kabi idishlardan foydalanish ularning martabasini yoki boy ekanligini belgilash bilan bir qatorda, sog‘liqlari uchun ham foydali ekanligi o‘sha davrlardayoq o‘z isbotini topgan.

Oltinga keladigan bo‘lsak, ushbu ma’danning ham inson organizmi uchun foydali tomonlari ko‘p ekanligini buyuk bobokalonimiz, G‘arb mamlakatlarida Avitsenna nomi bilan mashhur Abu Ali ibn Sino ham alohida e’tirof etib, turli ichki kasalliklarni davolashda keng foydalangan. “Turkestan Su” gazsiz ichimligining logotipi sifatida aynan Abu Ali ibn Sinoning surati tanlanishi ham mana shundan.

Oltin bilan qanday davolanish mumkin, axir uni iste’mol qilib bo‘lmaydi-ku dersiz?! Bugungi kunda buning iloji bor. Gap shundaki, butun O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan, tarkibida oltin zarralari mavjud “Turkestan Su” nomi ostida faoliyat olib boruvchi brend nafaqat O‘zbekiston, balki allaqachon qo‘shni davlatlarga ham eksport ishlarini boshlab yuborgan. Bugungi kunda ushbu suvning inson organizmi uchun foydali jihatlari ko‘p ekanligi barcha tekshiruvlar davomida isbotlandi. 

Jahon arenalarida O‘zbekiston nomidan oktagonlarga ko‘tarilgan, hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan UFC jangchisi Mahmud Murodov aynan mana shu suvni tanladi. Vaholanki, O‘zbekistonda gazsiz suv ishlab chiqaruvchi kompaniyalar talaygina. UFC jangchisi Mahmud Murodov bunga izoh berib shunday deydi.

Mahmud Murodov, sportchi:

— Men doim o‘zimga qiziqarli tuyilgan va manzur kelgan mahsulot kompaniyasi bilan hamkorlik qilaman hamda shartnoma imzolayman. Ba’zilar “Hammasini pul hal qilgan”, deb o‘ylashi mumkin, lekin unday emas. Men bir qancha og‘ir shartlarga ko‘nishim mumkin. Muhimi, shartnoma men uchun qiziqarli bo‘lishi kerak. Bu suvni bir qancha doktorlar yig‘ilib yaratishgan va u organizm uchun foydali.

Men Yevropadagi sport zallarida shug‘ullanayotganimda, atrofimdagilar “Bu qanday suv?”, deb so‘rashgan payti men qo‘rqmasdan, faxr bilan bu bizning suvimiz ekanligini ayta olaman.

Men ushbu shartnomani imzolaganimdan juda ham mamnunman. Hali yana ko‘rishamiz. Kelajakda ko‘p rejalarimiz bor. 

Sevara Ubaydullayeva, Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor:

— Bilasizmi, qadimda, zamonaviy dorilar bo‘lmagan paytlarda, tabiblar insonlarni davolash uchun giyohlar bilan bir qatorda oltin, simob kabi minerallardan foydalangan. Hozirgi kunda ham oltin suv, simob suv va kumush suvlar bor. Ayni ro‘za kunlari, ro‘zadorlar ushbu suvni bemalol ichishlari mumkin. Chunki, oltin qo‘shilgan suvning boshqalaridan farqi shundaki, oltinning zarralari yumshoq va oshqozonga botmaydi. Foydali tarafi esa, oshqozon shilliq qavatini himoya qilib, uni infeksiyalardan tozalaydi. Oltin zarralari qo‘shilgan ushbu suvning antibakterial xususiyati shundan iboratki, oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi bakteriyalarga qarshi samarali kurashadi hamda uzoq muddat kimyoviy yo‘l bilan ham davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarni oldini oladi. Lekin, suvni iste’mol qilganda ham me’yor bo‘lishi kerak. Kun davomida oddiy suv o‘rnida iste’mol qila olmaysiz. Bu suvni iste’mol qilishning o‘z retseplarini ishlab chiqqanmiz, ya’ni kasallikdan davolanish uchun qancha miqdorda, kundalik turmushda qancha miqdorda ichish kerakligi belgilangan.”

Suvning narxiga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston hududida 7 dollar, chet davlatlarda, xususan Qozog‘istonda 12 dollarni tashkil etadi. Ushbu suvni do‘kon rastalaridan topa olmaysiz. Kompaniyaning har bir viloyatda maxsus sotuv bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lib, narxlar qat’iy o‘rnatilgan. Chayqovchilar tomonidan asossiz ravishda suv narxining oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahsulot xaridor qo‘liga o‘z narxida yetib borishi uchun kompaniya tomonidan kuchli nazorat o‘rnatilgan.

“Turkestan Su” tarkibidagi oltin zarralari O‘zbekiston hududidan olinmaydi. Suvga qo‘shiluvchi oltinning maxsus turi bo‘lib, kompaniya uni Osiyo mamlakatlaridan buyurtma asosida olib kelmoqda. Ushbu kompaniya o‘z mahsulotini ishlab chiqarishni endi boshlagan paytlari O‘zbekiston hududiga yetkazib berishga ulgurmagan. Chunki mahsulotga qiziqish oshib ketganligi sababli uning ko‘p qismi qo‘shni davlatlarga eksport qilingan. Endilikda siz ushbu suvni Respublikamiz bo‘ylab istalgan tarzda, ya’ni onlayn buyurtma bergan holda ham qabul qilib olishingiz mumkin. O‘zbekistonning eng chekka hududlariga ham 24 soat ichida yetkazib berish xizmati mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, mahsulotni xaridorga yetkazib berish mutlaqo bepul.

Call-markaz: +998 (71) 207-77-97

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

238

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing