Og‘ir yo‘qotishga uchragan Daniya debyutant Finlyandiyaga mag‘lub bo‘ldi

Sport 10292
image

Yevropa Chempionati “B” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Daniya – Finlyandiya uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv nominal mehmonlarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 42-daqiqasida Daniya yetakchisi Kristian Eriksen to‘satdan hushidan ketib, maydonda yiqilib tushgandan so‘ng, o‘yin shu joyida to‘xtatilgan edi. Biroq 1 soatdan so‘ng futbolchi shifoxonada o‘ziga kelgach, UEFA terma jamoalarning talabidan kelib chiqqan holda o‘yinni qolgan joyidan davom ettirishga ruxsat berdi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golga 60-daqiqada Yoyel Poxyanpalo mualliflik qildi, aynan uning goli Finlyandiyaga 3 ochko keltirdi.

Shu tariqa, ilk turni g‘alaba bilan boshlab olgan Finlyandiya  guruh yetakchisiga aylanib oldi. Belgiya – Rossiya o‘yini yakunlangach bu o‘rinlar o‘zgarishi mumkin.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 627
Reyting: 2.9
t
×