OAV: Dahshatli virusni davolash usuli topildi

Olam

image

Uxan universiteti gospitali shifokorlari 2019-nCoV koronavirusini muvaffaqiyatli davolash metodini topishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar ekstrakorporal oksidlanish (kislorod bilan to‘yinganlik) pnevmoniyaning yangi turini davolashda yordam berishini aniqlashgan.

Shifokorlar ana shu usul bilan virusga chalingan 53 yashar erkakni davolashga muvaffaq bo‘lishgan.

Bu Xubey provinsiyasida ro‘y bergan birinchi holat hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 2019-nCoV koronavirusidan halok bo‘lganlar soni 17 kishini, unga chalinganlar soni esa 620 nafarni tashkil etmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Yangi virus

Baholaganlar

1700

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing