Nurxon Nafasov va uning hamtovoqlari ustidan sud ishi boshlandi

Sport

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Karate Milliy federatsiyasi sobiq prezidenti Nurxon Nafasov ustidan sud jarayoni boshlandi. 

2018 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Karate Milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergan edik. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida sudlanuvchilar:

•    Nurxon Nafasov (1965 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlangan, O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi prezidenti);

•    J.Yusupov (1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi bosh buxgalteri lavozimida ishlagan);

•    B.Aralov (1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz); 

•    O.Qosimov (1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi bosh kotibi lavozimida ishlaydi)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 192-11 (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sud tergovi o‘tkazilmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati vakili Aziz Obidovning QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, keyingi sud majlisi 8 avgust kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nurxon Nafasov

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing