Nukusda Nexia-3 haydovchisi to‘xtab turgan 5 ta avtomobilni urdi

3-sahifa

image

Kecha, 30 yanvar kuni Nukus shahrida 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB ma’lum qildi.

YTH soat 16:00 larda Nukus shahri hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 771-kilometrida sodir bo‘lgan.

Haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan U.R. Nexia-3 rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 2 ta Lacetti, Damas, Spark hamda Cobalt rusumli avtomobillarga urilgan.

Natijada, Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi, 50 yoshli U.R.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Transport vositalari texnik shikastlangan. Surishtiruv ishlari davomida haydovchi U.R. mast holda avtomobil boshqarganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nukus shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Nukus

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing