Nonushtaga “gangster”larni yeymiz – Hamzat Chimayev

Sport

image

Chechen millatiga mansub shvetsiyalik UFC jangchisi Hamzat Chimayev MMA afsonasi Neyt Dias bilan bo‘lajak jang haqida gapirar ekan, kim aslida gangsterligini ko‘rsatishini ma’lum qilgan. Bu haqda “MMAJunkie” nashri xabar berdi.

“Dias hali ham xavfli. U oxirgi soniyagacha kurashadi. Men u bilan jang qilishimdan xursandman. U UFC afsonalaridan biridir. Shuningdek, hamma Neytni “gangster, gangster” deb ataydi. Men gangster kimligini ko‘rsataman. Men Chechenistondanman... Biz nonushtaga gangsterlarni yeymiz”, degan Chimayev.

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimayev va Neyt Diaz o‘rtasidagi jang joriy yilning 11 sentyabr kuni Paradays shahrida (AQSH) UFC 279 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Dias oxirgi jangini 2021 yilning yozida Leon Edvardsga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan edi. Chimayev esa 2022 yilning aprelida Gilbert Byorns bilan qiyin kechgan jangni o‘z foydasiga hal qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Hamzat Chimaev

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing