Nimalar avtotransport vositasini qayta jihozlash deb hisoblanmasligi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.

Ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

avtotransport

Baholaganlar

2106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing