Nima uchun barcha sharoitlar poytaxt aholisi uchun qilinmoqda?

Jamiyat

image

Ayni kunda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davom etyapti. Kasallar soni ortib borayotgani uchun, qo‘shimcha statsionarlar tashkil qilishga alohida e’tibor berilyapti. 

Lekin bu harakatlar faqat Toshkentda bo‘lyapti deb hisoblagan aholi bundan norozi. Ulardan rasmiylarga shunday savol tushgan: Nima uchun barcha sharoitlar Toshkent shahar  aholisi uchun qilinmoqda? Boshqa hududlardagi bemorlarning holi ne kechadi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda javob berdi.

Uning so‘zlariga kora, hozirgi kunda epidemiologik vaziyat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa hududlarga nisbatan birmuncha og‘ir bo‘lganligi sababli barcha davolash va kasallik tarqalishini oldini olishga qaratilgan pilot loyixalar birinchi navbatda Toshkent shahrida o‘tkazilgan.

“Ushbu loyihalar asosida bemorlarga malakali va tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yangi tizimi tashkil etildi. Ushbu loyixalar ijobiy samara berganligi sababli hozirgi kunda respublika bo‘ylab yangi tizim asosida ish olib borish tatbiq etilishi boshlandi”, deydi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova.

Ma’lumot uchun, poytaxt va Toshkent viloyatida epidemiologik vaziyat murakkablashgani sababli, tezlikda sport majmualar, katta hajmli binolarda statsionarlar tashkil etish boshlandi.

Ammo bunday choralar faqatgina Toshkentda amalga oshirilmayapti. Masalan, ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan 100 nafarga ham yetmaydigan Farg‘onada 12 mingdan ortiq bemor uchun o‘rin tayyorlandi. Navoiy viloyatida ham bir necha yuz kishilik o‘rin tayyorlandi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing