Nihoyat! OTMlarga qabul kvotasi tillar kesimida tasdiqlandi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi e’lon qilindi. To‘liq variant Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirilgan.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Qayd etish kurak, qabul 20 iyundan boshlangan bo‘lsa-da, hozirgacha kvotalarning tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlanmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM qabul kvota abiturient

Baholaganlar

277

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing