Fohishalikka Dubayga yuborilayotgan ayol O‘zbekistonda olib qolindi

Jamiyat

image

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida joriy yilning 1 mart kuni huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dubayga odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat qayd etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, ya’ni odam savdosi jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan, 1971 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.T. “Toshkent” xalqaro aeroportida qo‘lga olingan. 

U Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga bir nafar ayolni avvaliga 8000 AQSH dollari ishlab berish sharti bilan kelishib, shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun olib ketayotgani aniqlangan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Fohishalik Odam savdosi

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing