Navoiy va Qashqadaryo viloyati hokimlarining 1-o‘rinbosarlari “uchdi”

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 8 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. 

2020 yildan buyon Navoiy viloyati hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Odil Hasanov ishdan bo‘shatildi. 

Hasanov: 

•    1994-1996 yillarda - Navoiy viloyati Moliya boshqarmasi narx-navo bo‘limi 2- toifali mutaxassisi, 1-toifali mutaxassisi;

•    1996-1996 yillarda - Navoiy viloyati Moliya boshqarmasi huzuridagi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi bosh iqtisodchisi;

•    1996-2001 yillarda - Navoiy viloyati monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish va monopol korxonalar davlat reyestr bo‘limi boshlig‘i;

•    2001-2005 yillarda - Navoiy viloyati Moliya boshqarmasi narx-navo bo‘limi 1-toifali mutaxassis, yetakchi mutaxassis, xalq xo‘jaligini moliyalashtirish va narx axvolini tartibga solish bo‘limi bosh iqtisodchisi, maktab ta’limi sho‘’basi bosh iqtisodchisi;

•    2005-2006 yillarda - Navoiy viloyat Moliya boshqarmasi Kapital quyilmalarini moliyalashtirish shu’basi yetakchi iqtisodchisi Kapital quyilmalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi;

•    2006-2009 yillarda - Navoiy viloyat moliya boshqarmasi Kapital quyilmalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i;

•    2009-2010 yillarda - Navoiy viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i;

•    2010-2014 yillarda -  Navoiy viloyatidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi boshlig‘i;

•    2014-2016 yillarda - Navbahor tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

•    2016-2018 yillarda - Navoiy viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori;

•    2018-2020 yillarda - Navoiy viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

Shuningdek, 2019 yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Bo‘tayev ham ishdan olingan. 

Bo‘tayev hokim o‘rinbosari bo‘lgunga qadar: 

•    1995-1998 yillarda  - “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyot boshqarmasi mutaxassisi, ichki audit boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi, 1-toifali mutaxassisi;

•    1998-1999 yillarda  - “O‘zuyjoyjamg‘armabank” aksiyadorlik tijorat banki nazorat-taftish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi;

•    1999-2000 yillarda - “Paxta bank” aksiyadorlik tijorat banki kassa ishini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi;

•    2000-2006 yillarda - “Paxta bank” aksiyadorlik tijorat banki tadbirkorlarni, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash bo‘limi boshlig‘i, boshqarmasi boshlig‘i;

•    2006-2008 yillarda - “Paxta bank” aksiyadorlik tijorat banki qishloq xo‘jaligini kreditlash va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i;

•    2008-2009 yillarda  - Markaziy bank Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i;

•    2009-2011 yillarda - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki qishloq xo‘jaligini kreditlash va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i;

•    2011-2012 yillarda - “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki pul muomalasi va kassa amaliyotlarini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i;

•    2012-2015 yillarda - “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing