Navoiy hokimi o‘rinbosari, tender komissiyasi a’zolari tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha rasman ogohlantirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov tomonidan viloyat DXX boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat hududida qurilish sohasida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida Navoiy viloyati prokuraturasida sohaga mas’ul tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Navoiy viloyat hokimining soha bo‘yicha o‘rinbosari, 5 ta buyurtmachi tashkilot rahbarlari va tender komissiyasi a’zolari qatnashib, ular joriy yilda amalga oshiriladigan qurilish ta’mirlash uchun pudratchilarni tanlashda amaldagi tartib qoidalarga og‘ishmay rioya etish, tanish-bilishchilik va boshqa korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik xususida rasman ogohlantirilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda loyiha va pudrat ishlari (xizmatlari) xaridi jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ushbu sohada “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan, shu jumladan elektron tender platformasidan tizimli foydalanish hamda tanlov (tender) g‘oliblari bilan o‘rnatilgan tartibda pudrat shartnomalarini tuzish choralarini ko‘rish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berib o‘tilgan. 

Bundan tashqari, mas’ullarga qurilish sohasida yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya, byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi va qurilish jarayonida shaharsozlik norma talablari buzilish holatlariga yo‘l qo‘yib kelinayotganligi takidlanib, aniqlangan har bir holatga nisbatan keskin chora ko‘rilishi va qonuniy javobgarlik muqarrarligi tushuntirib o‘tilgan.

Avvalroq, Navoiy viloyat hokimligi 2019 yil martdan “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbari bo‘lgan Mansurov Bahodir Pulatovich oilasiga tegishli korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq davlat byurtmasini qo‘lga kiritgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Bosh prokuratura

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing