Navalniy Rossiyaga qaytishi bilan hibsga olindi

Olam

image

Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Germaniyadan Vataniga qaytdi. Ammo Moskvaga kelishi bilan hibsga olindi. Bu haqda Jazolarni ijro etish federal xizmatii ma’lum qildi.

“Sheremetevo aeroportida Jazolarni ijro etish federal xizmati (FSIN) tezkor boshqarmasi qidiruv bo‘limi xodimlari 2020 yil 29 dekabrdan beri qidiruvda bo‘lgan, shartli qamoq jazosiga hukm qilingan Aleksey Navalniyni sinov muddatini ko‘plab marta buzgani uchun hibsga olishdi”, deyiladi xabarda.

Ahamiyatli tomoni shuki, Navalniy chiqqan "Pobeda" reysi Moskvaning Vnukovo aeportiga qo‘nishi kerak edi. Bu yerda uni tarafdorlari va jurnalistlar kutib turgandi. Biroq samolyot yo‘nalishi o‘zgartirib yuborildi va uchoq Sheremetevoga qo‘ndi.

Muxolifatchi “Iv Roshe” jinoyat ishi doirasida hibsga olingan. Ammo qo‘lga olish vaqtida unga buning sababi tushuntirilmagan hamda turmush o‘rtog‘i va advokatiga birga borishga ruxsat berilmagan.

FSIN matbuot xizmatida Navalniy  sinov muddatini ko‘p marta buzgani uchun 2020 yil 29 dekabrdan beri qidiruvda bo‘lgani aytilgan. Navalniyga nisbatan keyingi ehtiyot chorasini sud belgilaydi.

Aleksey Navalniy 2020 yilning avgust oyida zaxarlanganidan so‘ng Germaniyaga olib ketilgan va “Sharite” klinikasida davolangan edi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirida Rossiya Tergov qo‘mitasi Aleksey Navalniyga nisbatan katta miqdorda firibgarlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilganligini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing