Namangandagi mudhish YTHda 6 kishi yonib ketdi. Qurbonlarning yarmi bolalar

3-sahifa

image

Bugun, 16 dekabr kuni Namangan viloyatida MAN rusumli yuk mashinasi va Nexia ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada 6 kishi halok bo‘ldi. bu haqda YHXBB xabar berdi.

Soat 16:30larda Namangan shahar Islom Karimov-Istiqlol ko‘chalari kesishgan “Fazo” chorrahasida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.A. MAN rusumli yuk avtomashinasida harakatlanayotib chorrahadan o‘tayotgan, haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lib, Nexia rusumli avtomobilda bo‘lgan:

1) haydovchi, 42 yoshli N.M;

2) yo‘lovchi 39 yoshli M.X. (haydovchining xotini);

3) yo‘lovchi 13 yoshli M.B. (haydovchining farzandi);

4) yo‘lovchi 10 yoshli A.B. (haydovchining farzandi);

5) yo‘lovchi 34 yoshli G.Sh;

6) yo‘lovchi 7 yoshli M.Sh. hodisa joyida yonib ketib, vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

1035

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing