Muhim voqelik: Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi va referendum bo‘lib o‘tmoqda

Olam

image

Mamlakatdagi yirik noroziliklar sababli Qirg‘iziston [sobiq] Prezidenti Sooranboy Jeyenbekov iste’foga chiqqan edi. Bugun, 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari va boshqaruv shakli bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Saxalindagi saylov uchastkasi birinchi bo‘lib, Bishkek vaqti bilan 3:00 da ochilgan. Xorijdagi ovoz berish jarayonlari Vashingtonda 11 yanvar kuni soat 6: 00 da yakunlanadi. Qirg‘izistondan tashqarida 48 ta saylov uchastkasi mavjud.

Ta’kidlanganidek, Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari Sooronbay Jeenbekovning iste’foga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. U 2020 yil 15 oktyabrda parlament saylovlari natijalari bilan bog‘liq tartibsizliklardan so‘ng, iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza topshirgandi.

Muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlarida 17 kishi o‘z nomzodini qo‘ygan. Ammo byulletenlarda 18 nomzodning ismi yozilgan. Rashid Tagayev byulletenlar bosilib bo‘lgach, saylovda qatnashishdan bosh tortgan. Saylov byulletenida uning ismi qo‘lda chizib tashlangan.

Boshqaruv shaklini tanlash masalasi referendumga qo‘yilgan:

  • prezidentlik respublikasi;
  • parlament respublikasi;
  • barcha variantlarga qarshi.

Har kim prezident yoki parlament boshqaruv shakliga, qolaversa, taklif qilingan variantlarga qarshi ham ovoz berishi mumkin. Ikkita tasdiq belgisi qo‘yilgan byulleten bekor qilinadi. Saylovlar va plebissitlarda qatnashish darajasi alohida hisoblanadi. Referendum, agar unda saylovchilarning kamida 30 foizi qatnashgan bo‘lsa, haqiqiy deb hisoblanadi.

Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov ham referendum va prezidentlik saylovlarida ovoz berishga ulgurgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari avtomatik o‘qiladigan saylov qutilari ishlamayotgani haqida xabar berishni boshlagan. Ularning o‘rniga odatiy statsionar urnlar o‘rnatiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim saylov uchastkalari saylov va referendum uchun byulletenlarni bitta qutiga tashlashni taklif qilmoqda.

Prezident saylovlari va referendum uchun saylovchilar ro‘yxati bir xil. Unda 3 million 544 ming kishi bor. Aksariyat saylovchilar O‘sh viloyatidan – barcha saylovchilarning 20 foizi. Keyingi o‘rinlarda Jalolobod, Chuy va Bishkek shahri bor. 49 mingdan ortiq Qirg‘iziston fuqarosi xorijdagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Saylovchilarning 52,21 foizini ayollar, 47,79 foizini erkaklar tashkil etadi. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan saylovchilar soni 31 foizdan oshadi.

Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya rahbari Nurjan Shildabekova bugun saylovchilar saylov jarayonlaridan birida qatnashishdan bosh tortishi mumkinligini eslatgan. Fuqarolar xohlamasa, muddatidan oldin o‘tkazilayotgan prezident saylovlarida yoki boshqaruv shaklini aniqlash uchun referendumda ovoz bermaslikka haqqi bor.

Saylovdagi qonunbuzarliklar haqida Hukumatga xabar berish mumkin. Ertalab, Bishkek vaqti bilan soat 7:30 da Respublika shtabi chaqiriq markazi muddatidan oldin prezident saylovlari va referendum o‘tkazishda moddiy-texnika ta’minotining tashkiliy masalalarini hal qilishda saylov komissiyalariga yordam berish bo‘yicha ish boshlagan.

Shuningdek, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ARVI yoki COVID-19 belgilari bo‘lgan fuqarolarga saylov uchastkalariga kelib, soat 18:00 dan keyin ovoz berishni tavsiya qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistondagi saylovlar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing