Muzeylar aholidan san’at asarlarini sotib oladi

Madaniyat-san’at

image

2022 yil 1 iyuldan boshlab aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etiladi va doimiy ravishda o‘tkazib boriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

“Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida:

•    davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan, mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish uchun 2022 yil 1 iyuldan boshlab har yili Madaniy meros jamg‘armasiga Davlat byudjetidan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 3 milliard so‘mdan hamda hududlardagi tegishli davlat muzeylariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetidan 500 million so‘mdan mablag‘ ajratib boriladi, amaliy talabni inobatga olingan holda ushbu mablag‘ miqdori oshirilishi mumkin;

•    ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng ko‘lamda targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda joylarda ekspeditsiyalar tashkil etiladi;

•    madaniy boyliklarni aniqlash va davlat muzeylariga topshirishda faol ishtirok etgan aholi vakillarining namunali faoliyati keng targ‘ib etiladi hamda ular qo‘llab-quvvatlanadi;

•    har yili davlat muzeylariga aholidan xarid qilib olingan madaniy boyliklar ko‘rgazmasi tashkil etiladi hamda ular haqidagi ma’lumotlar Madaniy meros agentligi va tegishli davlat muzeyining rasmiy veb-saytiga majburiy tartibda joylashtirib boriladi.

Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

•    har yili “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasini yil davomida yuqori saviyada o‘tkazish va unda faol ishtirok etgan shaxslarni munosib rag‘batlantirish;

•    2022 yil yakuniga qadar aholidan madaniy boyliklarni qabul qilib olish (xarid qilish) jarayonini raqamlashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing