Musulmonlar uchun ikkinchi eng muhim kitob Rossiyada nashr etildi

Olam

image

Tataristonda musulmon ulamo Umar Ziyauddin ad-Dog‘istoniy tomonidan “Sahih al-Buxoriy” hadislar to‘plamining tarjimasi nashr etildi. Bu haqda Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi (SAM) matbuot xizmati jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Rossiyada birinchi marta ”Sahih al-Buxoriy” hadislar to‘plamining ad-Dog‘istoniy versiyasida rus tiliga tarjimasi nashr etildi. Shunday qilib, zamonaviy fundamental ilohiyotshunoslik xalqlar do‘stligining timsoliga aylandi”, deyiladi xabarda.

Tatariston SAMga ko‘ra, “Sahih al-Buxoriy” Qur’ondan keyin musulmonlar uchun ikkinchi muhim kitob va sunniylarning asosiy hadis to‘plamlaridan biridir. Shu bilan birga, ilohiyotshunoslar har xil davrlarda ma’lum bir davr ehtiyojlaridan kelib chiqib, “Sahih al-Buxoriy”ni qisqartirgan. Eng muvaffaqiyatli qisqartirilgan versiyalaridan biri XIX asrda Umar Ziyauddin ad-Dog‘istoniy tomonidan tuzilgan “Zubdat”dir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing