Moskvada 1936 yilgi harorat rekordi yangilandi
Olam
−
13 iyul 2021
8389Bugun, 13 iyul kuni Rossiya poytaxti Moskvada mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da harorat 32,7 darajaga ko‘tarildi va bu mutlaq rekordga aylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bundan avvalgi 13 iyul uchun maksimal harorat 1936 yilda qayd etilgan. O‘shanda havo 32,4 darajaga qadar qizigan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Moskva uchun rekord darajadagi harorat to‘rt marta yangilandi.
Ma’lumot o‘rnida, Moskvadagi harorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi 2010 yil hisoblanadi. O‘sha yili yozda rekord darajadagi harorat 19 marta yangilangan.
Moskvadagi kuchli jazirama yana bir hafta yoki undan ko‘proq davom etishi kutilmoqda. Joriy yilning 15 iyuligacha shaharda ob-havoning xavfli darajasi to‘q sariq rangga ega.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023