Moskva Rossiyaga qarshi har qanday nodo‘stona harakatga javob beradi – Zaxarova

Olam

image
0:00
0:00
download

Moskva Rossiyaga qarshi har bir qadamga munosib javob beradi. Bu haqda bugun, 6 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Sputnik” radiostansiyasi efirida rossiyalik diplomatlarning ommaviy ravishda G‘arb davlatlaridan chiqarib yuborilishiga izoh berish asnosida aytib o‘tdi.

“Har bir bunday nodo‘stona xatti-harakat uchun biz tegishli javob beramiz”, degan TIV vakili.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, G‘arbdagi hamkorlarning bunday harakatlari “ikki tomonlama munosabatlarni de-fakto to‘xtab qolishiga olib keladi”.

“Albatta, “munosabatlarni buzish”, “munosabatlar darajasini pasaytirish” degan iboralar bor, lekin tushunarli tilda gapiradigan bo‘lsak, bu munosabatlarning shunday chuqur muzlashi. G‘arbning mamlakatimizga nisbatan amalga oshirilayotgan noqonuniy xatti-harakatlari diplomatik va konsullik ishi nuqtai nazaridan xizmat ko‘rsatishni talab qiladi”, deya davom etgan u.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, bunday noxush ko‘rinishning har bir alohida holati uchun Moskva vaziyatga mos keladigan “eng samarali javob” beradi.

Ma’lumot uchun, yaqin vaqtlargacha Rossiya harbiylari nazoratida bo‘lgan Ukrainaning Bucha shahrida yuzlab tinch aholi vakillarining jasadlari topilishi dunyo afkor ommasida Rossiyaga nisbatan nafrat uyg‘otdi. Buning ortidan Yevropa davlatlari rus diplomatlarini quvishni boshladi. Bular orasida Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Boltiqbo‘yi davlatlari va boshqalar bor.

“Bucha qirg‘ini”

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan.

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan.

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi.

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan.

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Zaxarova Bucha qirg'ini Ukrainaga bosqi

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing