Misrda terrorchilar bilan otishma bo‘ldi. Bir polkovnik hayotdan ko‘z yumdi
Olam
−
15 aprel 2020
4253Misr xavfsizlik xizmati vakillari Qohirada nasroniylarning Pasxa bayramida terrorchilik xurujlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan yetti terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda Respublika IIV xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qohiraning aholi zich yashaydigan hududida ro‘y bergan otishma vaqtida Misr Ichki ishlar vazirligining Milliy xavfsizlik boshqarmasi polkovnigi Muhammad al-Xufiy qurbon bo‘lgan. Yana bir politsiya xodimi yaralangan.
Xavfsizlik xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar “nasroniylarning yaqinlashib kelayotgan Pasxa bayrami vaqtida hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rgan”.
Hujumdan keyin huquq-tartibot idoralari xodimlari xonadonlardan birida oltita avtomat va o‘q-dorilarni topishgan.
Kecha, 14 aprel kuni kechqurun Qohiraning Amiriya tumanidagi ko‘p qavatli binolardan birida politsiya va terrorchi guruh o‘rtasida bir necha soat davomida otishma bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Misrda Pasxa bayrim 19 aprelda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023