Mirziyoyevning kuyovlari Al Maktumning o‘g‘illari to‘yida ishtirok etdi

Olam

image

Kecha, 6 iyun kuni BAA vitse-prezidenti, Dubay hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktum bir varakayiga uch o‘g‘lining to‘yini o‘tkazdi.

Dubay hokimining to‘yida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov ham ishtirok etdi. Otabek Umarov Instagram`dagi sahifasida post qoldirib, Dubay hokimini tabriklagan. 

“BAA Prezidenti o‘rinbosari, Bosh vazir, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktum Hazrati Oliylarining o‘g‘illari to‘ylari munosabati bilan tabriklaymiz”, degan Otabek Umarov.

Xabarga Dubay hokimi va uning o‘g‘illari bilan tushilgan surat ham ilova qilingan. Suratda Shavkat Mirziyoyevning o‘g‘lini va to‘ng‘ich nabirasi Miromonni ham ko‘rish mumkin.

Ë

Dubayda Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktumning o‘g‘illari Hamdan, Maktum va Ahmadlarning to‘yi munosabati bilan katta tayyorgarlik ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Otabek Umarov Oybek Tursunov

Baholaganlar

390

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing