Mirziyoyev va Rahmon Varzobda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Jamiyat

image

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan joriy yilning 10-11 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni Varzobda joylashgan “Pugus” qarorgohiga taklif qildi.

“Varzobga sayohat O‘zbekiston Prezidentini turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishtirish, shuningdek, jannatmonand yurtimizning go‘zal va betakror joylarini taqdim etish maqsadida amalga oshirildi” deya qayd etgan Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Imomali Rahmon tojikistonlik mehmondo‘stlikning yuksak an’analariga alohida muhabbat bilan qaraydi va Tojikistonning har bir mehmonini samimiy qutlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing