Mirziyoyev: “G‘aniyevning eng katta fazilati – u halol odam”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi davomida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashdi.

Sessiyada Prezident Bosh vazir o‘rinbosari, Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Men G‘aniyev to‘g‘risida ikki og‘iz gapirmoqchiman. G‘aniyevning eng katta fazilati – u halol odam, u halovati yo‘q odam, o‘zini yuz foiz shu ishga bag‘ishlagan.U kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi. Lekin sadoqati bor odam. Og‘ir sinovli yillarda o‘zini ko‘rsatdi. U qishloq xo‘jaligida ham o‘zining qattiqqo‘lligi bilan katta ishlar qilishiga ishonaman. Shuhrat Madaminovichga omad tilayman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat G‘aniyev 2012 yildan 2020 yilgacha Farg‘ona viloyatiga hokimlik qilgan.

O‘tgan yili u Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing