Mirziyoyev Eron va Belarusni SHHTga qo‘shish qaysi bosqichdaligini aytdi

Jamiyat

image

Belarusga Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zoligini berish jarayoniga start berildi. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi majlisidagi nutqida aytib o‘tdi.

Prezident SHHT tarkibi kengayib, sheriklik munosabatlarimiz rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Xususan, Eron Islom Respublikasining Tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum imzolangani eslatib o‘tildi.

Shuningdek, Misr Arab Respublikasi va Qatar Davlatiga muloqot bo‘yicha sheriklar maqomi berilgani, Belarus Respublikasiga SHHTning to‘laqonli a’zosi, Bahrayn Podshohligi, Kuvayt Davlati, Maldiv Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanma Ittifoqi Respublikasiga – muloqot bo‘yicha sheriklar maqomini berish jarayonlari boshlangani qayd  etildi.

“SHHTning geografik qamrovi kengayayotgani o‘z misolida samaradorlik, o‘zaro bir-birini tushunish va amaliy sa’y-harakatlarni namoyish etayotgan Tashkilotimiz faoliyatining dolzarbligini yana bir tasdiqlamoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tashkilotning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini va uning ochiqligini saqlab qolish muhim ekanini qayd etdi. 

“Biz xavfsizlikning yaxlitlik tamoyiliga qat’iy rioya qilamiz. SHHTning faoliyati keng hamkorlikka yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Markaziy Osiyo SHHTning "geografik yadrosi" maqomini saqlab qolishi kerakligiga ham ishonchimiz komil”, dedi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing