Mirziyoyev Baydenga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtati Yuvalde shaharchasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan AQSH Prezidenti Jozef Baydenga hamdardlik yo‘lladi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha 24 may kuni Texas shtatining Yuvalde shahridagi maktabda 18 yoshli yigit Salvador Ramos 19 nafar bola va ikki nafar katta odamni o‘ldirdi. Keyinroq politsiya hujumchini zararsizlantirdi. Jinoyatchining motivlari hali aniqlanmagan.

Mazkur voqeaga AQSH Prezidenti munosabat bildirib, Amerikadagi jamoat joylarida, xususan ta’lim muassasalarida yangi otishmalarning oldini olish uchun mamlakat Kongressi chora ko‘rishi kerakligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing