Mirziyoyev Hukumat vakolatini kengaytirishni taklif qildi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga yangi qonunchilik takliflarini kiritish vakolati berilishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish maqsadida qonunchilik tashabbusi huquqi institutini isloh qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblayman. Xususan, Konstitutsiyamizga qonunchilik takliflarini kiritish institutini joriy etishni taklif qilaman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, mazkur institut doirasida 100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar o‘z  qonunchilik takliflarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Shu asosda endi xalq bevosita qonun ijodkori sifatida tashabbus ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritadi.

Mazkur yangi qonunchilik takliflarini kiritish institutini Oliy Majlis Senati, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga ham berish vaqti keldi, deb hisoblayman”, deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident ijro hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy javobgarlik sohalarini, vakolatlarini kengaytirish bilan birga ularning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish ham talab etilishini urg‘uladi.

"Shu ma’noda, Hukumat vakolatlarini kengaytirishni taklif etaman", degan Prezident Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing