Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlariga subsidiya ajratiladigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining quyidagi xarajatlari uchun 50 foiz subsidiya ajratiladi. Eksportyor subsidiya olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qiladi.

“Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining quyidagi xarajatlari uchun 50 foiz subsidiya ajratiladi:

- qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini joriy etishga o‘rgatish;

- qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini o‘tkazish (cubsidiya summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravaridan oshmasligi lozim);

- qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish.

“Eksportyor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing