Men hayotimni qo‘yganman bu masalaga – Mirziyoyev

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning tinchligi va barqarorligiga hayotini qo‘yganini aytdi. U bu haqda kecha, 3 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uchrashuvda so‘z ochgan. 

“Men har safar g‘urur bilan aytaman: men ham O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston farzandiman. Yuragimdan aytyapman. Men hayotimni qo‘yganman bu masalaga, bu gaplarga. Bir so‘m topsam 60 tiyinini Qoraqalpoqqa beryapman”, deydi Prezident.

Shuningdek, davlat rahbari deputatlar va faollardan xalq tinchligi va osoyishtaligini saqlashga hissa qo‘shishlarini, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashlarini so‘ragan.  

“Bu qadrdan Vatanimizni, shuncha qilgan mehnatimizni o‘zimiz saqlamasak, hech kimga bizga saqlab bermaydi. Va men sizlardan iltimosim, bu dargohni, Qoraqalpoq elini, xalqni o‘zingiz asrashingiz kerak, bu yerda yashashlaring kerak, odamlarga tushuntirishlaring kerak, yoshlarni yo‘lga solish kerak. 

Meni ko‘nglim olib keldi, mehrim olib keldi, yuragim olib keldi Qoraqalpog‘istonga. Men qanday tinch o‘tira olaman. Qanday og‘ir bo‘lmasin, baribir men jazo muqarrar, qonun ustuvorligini ta’minlayman. Buni hamma bilishi kerak. Menga tinchlik kerak. Davlatning kuchi ham, qudrati ham, imkoniyati ham bor”, deydi Prezident. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.

Shundan so‘ng, 2 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi. 

Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing