Megan Markl qirollik uyi vakillarini tuhmat qilishda aybladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Sasseks gersogi Garri va rafiqasi Megan Markl qirol saroy amaldorlarining tuhmatidan aziyat chekkan. Bu haqda Megan Markl ma’lum qilgan.

Marklning so‘zlariga ko‘ra, OAVda uning yordamchilariga nisbatan yomon munosabati haqida xabarlar paydo bo‘lgan. 

"Qanday qilib ular shu narsani kutishlarini tushunmayman, agar bularning barchasidan so‘ng ham saroy biz haqimizda yolg‘onni davom ettirishda faol rol o‘ynayotgan bo‘lsa, biz hali ham jim turamiz", degan Markl. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 2 mart kuni "The Times" gazetasi Sasseks gersogi va gersoginyasi Matbuot kotibi sifatida ishlagan Jeyson Knaufning 2018 yilgi elektron pochtasidan parchalarni e’lon qilgan. 

Ularda Knauf Marklning saroy xodimlariga nisbatan bezoriligidan shikoyat qilgan. 

Unga ko‘ra, u ikki ishchini "ovlab", ularni "ishdan bo‘shatishga majbur qilgan". 

Knauf, shuningdek, shahzoda Garri undan ushbu ma’lumotni nashr etmaslikni so‘raganini qo‘shimcha qilgan. 

Avvalroq, gersog va gersoginya Garri va Megan Britaniya Qirollik oilasiga a’zolik maqomidan va unga qo‘shib berilgan qirollik vazifalaridan butunlay voz kechgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, Uels shahzodasi Charlzning kenja o‘g‘li Garri 2017 yil noyabr oyida amerikalik ajrashgan aktrisa Megan Markl bilan unashtirilgan. Ularning to‘yi 2018 yil 19 may kuni Vindzorda bo‘lib o‘tdi. Bir yil o‘tgach, ular Archi ismli o‘g‘il ko‘rdi. 

2020 yilda Garri va uning rafiqasi qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ular buni moliyaviy mustaqillikka erishish uchun qilgan. Ushbu qaror 2020 yil mart oyida kuchga kirdi. Shahzoda bir yil ichida fikrini o‘zgartirishga haqli edi.


Maqola muallifi

Teglar

Megan Markl Garri

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing