Medvedev Moldovani ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Moldova Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmay turib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga tayyor bo‘lishi mumkin, lekin rasmiy Moskvaning javobi ham o‘zini ko‘p kuttirmaydi. Bu haqda RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.

U Kishinyovga YeIga nomzod maqomini olganiga munosabat bildirib, Moldova parovozdan oldinga yugurib ketganini ta’kidladi.

“O‘zlarining yangi xo‘jayinlariga yoqishga harakat qilib, Yevropa Ittifoqida bo‘lmay turib, ular mamlakatimizga qarshi Yevropa sanksiyalariga qo‘shilishga tayyor. nima ham derdik. Qani urinib ko‘rishsin. Shunda ular bizdan nafaqat “qimmat” energiya va boshqa resurslarni, balki hech narsani olmasliklariga 100 foiz ishonch hosil qilishlari mumkin. Ular Yevropa Ittifoqiga kirishdan oldin sanksiyalardan bahramand bo‘lsin”, degan Medvedev tahdidnamo tarzda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning davlat va hukumat rahbarlari Bryusseldagi sammitda Ukraina va Moldovaga hamjamiyatga a’zo bo‘lish uchun nomzodlar maqomi berilishini ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova

Baholaganlar

1019

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing