Mashinalar harakati taqiqlanganda qurbonlikni qanday tarqatish mumkin?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 31 iyul sanasida O‘zbekistonda Qurbon hayiti nishonlanadi. Ammo O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 31 iyul kuni avtomobilda harakatlanish taqiqlangan.

Bunday vaziyatda so‘yilgan qurbonliklarni muhtoj oilalarga qanday yetkazib berish mumkin? Bu savolga ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov javob berdi

“To‘g‘ri, joriy yil 31 iyul, 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish to‘liq to‘xtatiladi. 

Savobli ehsoningizni karantin qoidalariga rioya etgan holda, mahallangiz raisi va faollari hamkorligida hamda yordamida o‘zingiz yashayotgan mahalla hududida amalga oshirishingiz maqsadga muvofiq”, dedi G‘iyosov.

Shu o‘rinda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari va tibbiy-sanitariya xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanishga cheklov yo‘q. 

G‘iyosov tibbiyot xodimlari istalgan kuni shaxsiy avtotransport vositasida karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi mumkinligini , faqat ular ish joyini tasdiqlovchi hujjatni olib yurishi kerakligini eslatib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

517

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing