Markaziy uchrashuvda Yevro-2020 dagi ilk nursiz durang qayd etildi

Sport 4169
image

Yevro-2020 “E” guruhi 1-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv — Ispaniya – Shvetsiya bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin kutilmaganda 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakunlandi. Ushbu durang Yevro-2020 ning golsiz o‘tgan ilk uchrashuvi deya qayd etildi.

Bahs tengma-teng kurashlar, keskin vaziyatlarga boy o‘tganiga qaramay, jamoalar bironta gol urishga muvaffaq bo‘lolmadi. Ispaniya terma jamoasi butun o‘yin davomida 85% to‘pni nazorat qildi, bunaqa katta farq yaqin yillar ichida kuzatilmagan edi.

Shvetsiya darvozaboni Robin Olsen “Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi” deb topildi. U o‘yin davomida jami 6 ta seyv amalga oshirdi va jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi turda Ispaniya Polsha bilan o‘yin o‘tkazadi, Shvetsiya esa Slovakiya bilan bahs olib boradi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 127
Reyting: 3.1
t
×