Markaziy Osiyo davlatlari ogohlantirildi. Ularda davlat qarzi ko‘paymoqda

Olam

image

Xalqaro valyuta jamg‘armasi koronavirus tufayli zarar ko‘rgan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo iqtisodiyotida qarzdorlik darajasi oshishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Al jazeera” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi davlatlar o‘zlarining moliyalashtirish talablarini cheklashlari kerakligini qayd etgan. Chunki koronavirus pandemiyasi tufayli hukumat qarzining ko‘payishi vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin.

Mavritaniyadan Qozog‘istongacha bo‘lgan deyarli 30 mamlakatni o‘z ichiga olgan mintaqa yilning uchinchi choragida karantin choralarini yumshatganidan so‘ng iqtisodiy o‘sishni boshladi.

O‘tgan 2020 yil kuchli pandemiya davrida talabning pasayishi ko‘plab davlatlar iqtisodiyotining oqsashiga olib keldi. Ba’zi mamlakatlarda xalqaro qarzdorlik ko‘rsatkichi oshib ketdi. Bu esa moliyaviy beqarorlik xavfini keltirib chiqaradi va iqtisodiy tiklanishni sekinlashtirishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi umumiy tashqi qarzining hajmi 2020 yil boshiga nisbatan 37,4 foizga yoki 9,2 mlrd dollarga oshgan holda, 2021 yil 1 yanvar holatiga 33,8 mlrd dollarni tashkil qilgan.

 

Iqbol Ergashova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing