Marhum 7 soatdan so‘ng uyiga qaytdi

Bu qiziq

image

Indoneziyaning Sharqiy Yava viloyatida yashovchi o‘z dafn marosimidan so‘ng uyiga qaytdi. Bu haqda AsiaOne xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha,mototsiklda halokatga uchragan shaxsning jasadi tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan edi. Uning yonida hujjatlari ham bo‘lmagan va politsiya marhumning shaxsini mototsiklga qarab aniqlagan.

Mototsikl 40 yoshli Sunartoga tegishli edi va jasadni aynan uning qarindoshlari ko‘mgan.

"Hatto jasadni yuvish vaqtida ham qarindoshlari uni boshqa odam ekanini ayti olmadi", deydi mahalliy politsiya boshqarmasi boshlig‘i Ali Kanta.

Dafn marosimi o‘tgandan so‘ng oradan 7 soat o‘tib Sunarto uyiga qaytib keldi. Uning aytishicha, "o‘limi" haqida ishxonasidagi hamkasblaridan eshitgan.

Sunarto qurilish kompaniyasida ishlaydi va uch oy muqaddam pulga ehtiyoj sezib, Variim ismli tanishidan qarz olgan. Garov sifatida mototsiklini qoldirgan. Aftidan aynan Varim yo‘l-transport halokatida vafot etgan edi.

Variimning qarindoshlari bu haqda eshitgandan so‘ng ko‘mish marosimini qayta o‘tkazmadi va qabr ustidagi yozuvni almashtirishdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziyada motohalokatga Varim

Baholaganlar

485

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar