Mansabdor mehmonxonada ko‘rsatgan tomoshasi uchun “uchdi”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida bugun, 27 sentyabr kuni o‘tayotgan yig‘ilishda “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori Baxtiyor Otamurodov mehmonxonada sodir etgan nomaqbul xatti-harakatlari uchun lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Namangan viloyatiga xizmat safari paytida mehmonxonada sodir etgan nomaqbul xatti-harakatlari va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori B. Otamurodov egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval  “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori B.Atamuradovning mamlakatdagi mehmonxonalardan birida janjal chiqarib, xodimlarni haqoratlagan, ularga buyum uloqtirgani aks etgan video tarqalgandi. 

Ma’lumot uchun, Prezidentning 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4878-son qaroriga muvofiq Baxtiyor Otamurodov Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori lavozimida ish boshlagan. Bungacha u aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1948

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing