“Manchester Yunayted” braziliyalik o‘yinchisi borasida bir qarorga keldi 

Sport 866
image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yozgi transferlar oynasida himoyachi Aleks Tellesni hech qaysi klubga sotmasligini rasman ma’lum qildi. Bu haqda klubning Instagram sahifasida xabar berildi.

Ma’lumki, 2020 yili “Portu”dan olib kelingan braziliyalik Telles asosiy tarkib uchun kurashda Lyuk Shouga yengilib, mavsumning katta qismini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Shu sababli, uning o‘zi ham klubdan ketishni xohlashini aytgan edi. Umumiy hisobda u 2020-21 yilgi mavsumda 24 ta uchrashuvda ko‘rinish bergan.

28 yoshli himoyachiga Mourino murabbiylik qilayotgan “Roma”dan takliflar tushmoqda. MYU esa shularga qaramay, bu futbolchi transferini bloklaganini e’lon qildi. Endi ular qishgi transferlar oynasini kutishga majbur.

Ma’lumot uchun, Aleks Telles “qizil iblislar” safiga 15 million yevro evaziga olib kelingan. U MYU safida atigi ikkita golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 19
Reyting: 2.8
t
×