“Manchester Siti” 100 million yevroga hujumchi sotib olmoqchi

Sport 5446
image
-

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Tottenhem Hotspur” hujumchisi Harri Keynni sotib olish uchun jiddiy bel bog‘lagan. Angliyaning mashhur “Daily Mail” nashrining xabariga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati londonliklar bilan rasmiy tarzda aloqaga chiqishgan va futbolchini sotib olish uchun 100 million yevro taklif qilgan.

Biroq “Tottenhem” rahbariyati hozircha bunga rozilik bildirmagan, sababi ular Keyn transferidan kamida 150 million yevro foyda olishni maqsad qilgan. Harrining o‘zi ham klubni tark etish niyatida, o‘tgan mavsumning so‘nggi o‘yinlarida u muxlislar bilan xayrlashuv marosimlarini o‘tkazgan edi.

Intervyularidan birida u De Bryuyne bilan to‘p surishni istashini aytib o‘tgan edi, aynan shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, uning “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishi tobora real voqelikka aylanib bormoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchi yakuniga yetgan mavsumda APLda jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol hamda 14 ta assist amalga oshirdi. Bu natija tufayli u APL “Oltin butsa”si hamda “Yilning eng sermahsul assistenti” sovrinlarini ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 145
Reyting: 3
t
×