Maktab o‘quvchilari o‘quv yili yakunida qaysi fanlardan imtihon topshirishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili yakunida o‘quvchilar qaysi fanlardan imtihonlar topshirishini ma’lum qildi.

Toshkent shahar XTBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bular:

5-sinfda 2 ta fandan: “Matematika”, “Chet tili”;

6-sinfda 2 ta fandan: “Tarix”, “Biologiya” (botanika);

7-sinfda 2 ta fandan: “Ona tili va adabiyot” hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “O‘zbek tili/rus tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika”, “Chet tili” fanlaridan 1tasi tanlanadi);

8-sinfda 2 ta fandan: “Chet tili” hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “Davlat va huquq asoslari”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika” fanlaridan 1tasi tanlanadi);

9-sinfda 7 ta fandan: “Ona tili va adabiyot”, “O‘zbek tili/rus tili” (ta’lim o‘zbek tilidagi maktablar uchun “Rus tili”, ta’lim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun “O‘zbek tili”), “Matematika”, “Biologiya”, “Tarix”, “Jismoniy tarbiya” hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Chet tili” fanlaridan 1tasi tanlanadi);

10-sinfda 3 ta fandan: “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Tarix” hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “Kimyo”, “Biologiya”, “Matematika”, “Geografiya” fanlaridan 1tasi tanlanadi. Bunda, variativ o‘quv reja asosida ta’lim olgan o‘quvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi);

11-sinfda 5 ta fandan: “Ona tili va adabiyot”, “Matematika”, “Chet tili”, “O‘zbek tili/rus tili” (ta’lim o‘zbek tilidagi maktablar uchun “Rus tili”, ta’lim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun “O‘zbek tili”) hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “Kimyo”, “Biologiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Fizika” fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda, variativ o‘quv reja asosida ta’lim olgan o‘quvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi).


Maqola muallifi

Teglar

maktab imtihon

Baholaganlar

301

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing