Maxachevning faoliyati Habibnikidan ancha qiziqroq — Vitaliy Minakov

Sport 2048
image

“Bellator” sobiq chempioni Vitaliy Minakov Islom Maxachevning tez orada bo‘lib o‘tadigan jangi haqida fikr bildirdi.

“Maxachevning tepaga ko‘tarilishi UFC uchun muhim, deb hisoblayman. Savol: Dena Uayt Islomni ham xuddi Habib singari ko‘tarish istagi bormi? Habib mashhurlik cho‘qqisiga Konor bilan bo‘lgan jangdan so‘ng ko‘tarildi. Unga qadar esa u bu darajada emas edi.

Shuningdek, Habibning jang uslubi ham muxlislarga unchalik manzur kelmasdi. Islomning faoliyati endi boshlandi. U ancha bosiq jangchi. Menimcha, uning jang uslubi Habibnikidan ancha qiziqarliroq. Bekorga muxlislar uning jangini intiqlik bilan kutishmayapti”, deydi Minakov.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev joriy yilning 18 iyul kuni Tiago Moyzesni nokautga uchratib, g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 77
Reyting: 2.9
t
×