Mahalliy benzin nega qimmat? Vazirlik javob berdi

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda turli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin bir xil narxda sotilmasligi, mahallaiy benzinning narxi chetdan olib kirilayotgan benzin partiyasidan ham qimmat bo‘lib ketgani keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi chetdan olib kirilayotgan benzin narxi mahalliy benzidan arzonroq bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 mayidan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, jumladan AYOQSHlar benzinni birja savdolari orqali sotib olmoqda, benzin narxlari turli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida farq qilishi mumkin, chunki narxlar mahsulot har bir AYOQSH tomonidan qanchaga sotib olinganiga bog‘liq.

Shu tariqa, benzin narxining shakllanishi O‘zbekiston Energetika vazirligi yoki boshqa davlat tuzilmalariga emas, balki ishlab chiqaruvchi (ma’lum bir neftni qayta ishlash zavodi)ning boshlang‘ich bahosi, taklif (birja savdolariga qancha benzin qo‘yilgan) va unga bo‘lgan talab (xaridorlar qancha sotib olishi)ga bog‘liq.

“O‘zbekiston Prezidentining “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4664 sonli qaror qabul qilinmasdan oldin O‘zbekistonda turli markadagi benzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari davlat tomonidan tartibga solinar edi. 1 maydan boshlab, ya’ni mazkur bozor mexanizmi joriy etilgandan buyon o‘tgan yarim yildan ortiq vaqtdan beri mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari avtomobil benzinini faqat birja savdolari orqali sotmoqda”, deyiladi xabarda.

Energetika vazirligiga ko‘ra, import qilingan benzin partiyalari ham savdolar orqali sotiladi va agar bunday benzin O‘zbekistonga olib kirilib, haqiqatdan ham savdolarga ancha past narxda qo‘yilishi mumkin. AYOQSHlar bunday benzinni bu partiya tugamaguncha sotishlari mumkin. AYOQSH tomonidan qanday benzin qanday narxda sotilishi faqat birjaga bog‘liq bo‘ladi.

Shu tariqa, benzin va dizel yoqilg‘isini sotishning bozor mexanizmi neftni qayta ishlash zavodlari va AYOQSHlarga sog‘lom raqobat sharoitida faoliyat yuritish imkon beradi. 

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda benzin narxining oshishi yoki kamayishi ma’lum bir talab va taklifga bog‘liq. Xususan, bozor mexanizmi joriy etilganidan so‘ng, 3 mayning o‘zidayoq “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJda o‘tkazilgan savdolar savdoga qo‘yilgan benzin narxi tushganini ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zRTXB” AJ sayti orqali shuningdek yangi mahsulot turlari to‘g‘risidagi ma’lumot ham kelib tushadi. Xususan, iyul oyi boshida O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolariga AI-80-LYUKS-K2-L markadagi benzin qo‘yila boshlagan. Birja savdolarida yoqilg‘i “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan sotilmoqda.

Sentyabr o‘rtalarida esa “O‘zRTXB” AJ birja savdolariga ilk bor Turkmanistonda ishlab chiqarilgan ECO-93 markali benzin sotuvga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Benzin

Baholaganlar

314

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing